Hudud marketing kapitalining nazariy asoslari va konseptual modeli

Mualliflar

  • Tadjiyeva S. U. Buxoro davlat universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

hudud marketingi, hudud marketing kapitali, hudud brendi, hududiy kapital, raqamli platforma, manfaatdor tomonlar, hududiy jozibadorlik, fazoviy tahlil, mintaqaviy raqobatbardoshlik

Abstrak

Hududlar o‘rtasida investitsiyalar, turistlar, malakali mehnat resurslari, tadbirkorlik loyihalari va tashqi bozorlar uchun raqobat kuchayib borayotgan sharoitda hududiy rivojlanishni faqat moddiy resurslar va ishlab chiqarish salohiyati bilan izohlash yetarli emas. Hududning tanilishi, ijobiy obro‘si, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik, raqamli platformalardagi ko‘rinuvchanligi hamda maqsadli auditoriyalar uchun qiymat yaratish qobiliyati mustaqil iqtisodiy resursga aylanmoqda. Maqolaning maqsadi hudud marketing kapitalining nazariy mazmunini aniqlashtirish, uni hududiy kapital, hudud brendi kapitali, marketing salohiyati va hududiy raqobatbardoshlik tushunchalaridan farqlash hamda uning konseptual modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli adabiyotlar tahlili, qiyosiy-kategoriyaviy tahlil, kontent tahlili, nazariy sintez va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijada hudud marketing kapitaliga mualliflik ta’rifi berildi hamda uning resurs-identifikatsion, brend-reputatsion, institutsional-relatsion, kommunikatsion-bozor, raqamli-platformaviy hamda tajriba va sodiqlik kapitalidan iborat olti komponentli tuzilmasi asoslandi. Shuningdek, hudud resurslarini marketing qiymatiga aylantirish jarayoni, manfaatdor tomonlarning hamkorligi, raqamli platformalar, fazoviy tarqalish samaralari va qayta aloqa mexanizmlarini birlashtiruvchi konseptual model taklif qilindi. Mazkur model O‘zbekiston hududlarining marketing kapitalini baholash metodologiyasi va integral indeksini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 75

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.