Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Kalit so‘zlar:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, eksport diversifikatsiyasi, eksport salohiyati, RCA, ARIMA, variatsiya koeffitsiyenti, raqobatbardoshlik, eksport geografiyasiAbstrak
Maqolada Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010–2024-yillar bo‘yicha 4 xonali HS kodlari darajasidagi xalqaro savdo ma’lumotlari asosida eksport tarkibi, mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligi hamda istiqbolli tashqi bozorlar baholangan. Tashqi bozorlardagi import talabining barqarorligi variatsiya koeffitsiyenti (CV), import hajmlarining istiqboldagi dinamikasi ARIMA modeli, mahsulotlarning qiyosiy ustunligi esa Balassa indeksi (RCA) asosida aniqlangan. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini geografik va mahsulot tarkibi bo‘yicha diversifikatsiya qilish, istiqbolli eksport bozorlari hamda ustuvor mahsulot yoʻnalishlarini aniqlash yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.