Buxoro viloyatining marketing jozibadorligi va uni shakllantiruvchi omillar
Kalit so‘zlar:
marketing jozibadorligi, hududiy marketing, Buxoro viloyati, hududiy brend, xizmatlar, investitsiyalar, eksport, turizm, tadbirkorlik, hududiy raqobatbardoshlikAbstrak
Hududlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda hududning investitsiyalar, turistlar oqimi, tadbirkorlik loyihalari, malakali kadrlar va iste’molchilarni jalb etish qobiliyati nafaqat iqtisodiy, tabiiy hamda tarixiy-madaniy resurslarning mavjudligi, balki ularni bozorda yuqori talabga ega takliflarga samarali aylantirish darajasi bilan ham belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi hududning marketing jozibadorligi mazmunini ochib berish, uni shakllantiruvchi omillarni tizimlashtirish hamda Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish asosida uning marketing pozitsiyalash xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2025-yilda Buxoro viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 86,6 trln so‘mga yetib, 7,2 foizga oshgan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 7,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 4,3 foizga, bozor xizmatlari 14 foizga, chakana savdo 9,2 foizga, eksport esa 32,8 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining pasayishi, tashqi savdo saldosining sezilarli darajada manfiyligi, xizmatlarning Buxoro shahrida yuqori hududiy konsentratsiyalashuvi hamda tumanlarning viloyatning umumiy marketing qiyofasida yetarli darajada namoyon etilmaganligi aniqlandi. Marketing jozibadorligini shakllantiruvchi omillarning yettita guruhi belgilandi: resurs-identifikatsion, iqtisodiy-bozor, ishlab chiqarish-eksport, turizm-servis, transport-infratuzilma, institutsional-tadbirkorlik va raqamli-kommunikatsion omillar. Buxoroning asosan turistik qiyofasidan viloyatni tarixiy-madaniy, ishlab chiqarish, investitsiyaviy, eksport va tadbirkorlik hududi sifatida kompleks pozitsiyalashga o‘tish yo‘nalishlari taklif etildi.