Inson kapitali va kreativ qatlam kategoriyalarining konseptual asoslari
Kalit so‘zlar:
inson kapitali, kreativ qatlam, bilimga asoslangan iqtisodiyot, intellektual salohiyat, innovatsiya, ijodkorlik, iqtisodiy rivojlanish, raqobatbardoshlikAbstrak
Mazkur maqolada inson kapitali va kreativ qatlam tushunchalarining nazariy hamda konseptual asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida inson kapitalining iqtisodiy o‘sish, innovatsion rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida kreativ qatlamning shakllanishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri hamda bilim, malaka, ijodkorlik va intellektual salohiyat bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada turli olimlarning yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinib, inson kapitali va kreativ qatlam kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bilimga asoslangan iqtisodiyot sharoitida inson resurslaridan samarali foydalanish hamda kreativ salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.