Milliy iqtisodiyotni sanoatlashuvning nazariy evolyutsiyasi
Kalit so‘zlar:
sanoatlashtirish, industrializatsiya, Sanoat 4.0, institutsional rivojlanish, texnologik taraqqiyot, strukturalizm, keynschilik, innovatsiya, proteksionizm, strategik tarmoq, iqtisodiy o‘sish, YaIM, O‘zbekiston-2030, mintaqaviy rivojlanishAbstrak
Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotni sanoatlashuvining rivojlangan iqtisodiyotga erishgan jahon mamlakatlari iqtisodiy nazariy maktablari doirasidagi ilmiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda «sanoatlashtirish» tushunchasining asosiy ta’riflari, iqtisodiy maktablarda sanoatlashuv nazariyasining xronologik rivojlanishi, List nazariyasining asosiy jihatlari hamda iqtisodiy ta’limotlarning tarixiy evolyutsiyasi qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, globallashuv sharoitida sanoatlashuvning dolzarbligi, MDH va O‘zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari, iqtisodiy o‘sish bosqichlari hamda milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy mexanizmlar va ilg‘or xorijiy tajribalar ilmiy jihatdan yoritilgan.