Kichik sanoat zonalarini rivojlantirish orqali hududiy muammolarni bartaraf etish yo‘llari
Kalit so‘zlar:
kichik sanoat zonalari, hududiy rivojlanish, investitsiyalar, bandlik, sanoat infratuzilmasi, iqtisodiy samaradorlik, hududiy muammolarAbstrak
Mazkur maqolada kichik sanoat zonalarining (KSZ) hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni, ularning hududiy muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati hamda rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hududlar rivojlanishidagi nomutanosibliklar, ishsizlik, investitsiyalar yetishmasligi, sanoat infratuzilmasining rivojlanmaganligi kabi muammolarni hal etishda KSZlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari KSZlarni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish,
investitsiyalarni jalb etish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish va hududlarning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.