O'zbekistonda kiruvchi turizmning makroiqtisodiy ta'siri va uni dinamik panel model asosida prognozlash

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/e5v49911

Kalit so‘zlar:

kiruvchi turizm, turizm yordamchi hisobi, qolish muddati, dinamik panel model, prognozlash, namunadan tashqari tekshiruv, simulyatsiya, ARIMA

Abstrak

Maqolada kiruvchi turizmning milliy iqtisodiyotga ta'siri turizm yordamchi hisobi ko'rsatkichlari asosida baholangan va 2030-yilgacha bo'lgan davr uchun ehtimoliy prognoz ishlab chiqilgan. Turizm tarmoqlari va to'g'ridan-to'g'ri turizm yalpi qo'shilgan qiymatini farqlash zarurligi asoslangan: 2024-yilda ularning nisbati 3,8 ga teng bo'lgan. Qolish muddatini uzaytirish samarasini baholash formulasi taklif etilgan, unga ko'ra qolish muddatini bir kechaga uzaytirish kirish turizmi iste'molini 3,19 trln so'mga (9,4%) oshiradi. Respublika bo'yicha yillik qator qisqa va tarkibiy uzilishlarga ega bo'lgani sababli 194 mamlakat bo'yicha 2 134 kuzatuvga asoslangan dinamik panel gravitatsiya modeli qo'llanilgan. Model namunadan tashqari davrda 1,0 foizlik xatolik bilan ARIMA (33,6%) va dreyfli tasodifiy sayr (5,4%) modellaridan aniqroq natija bergan. Prognozga ko'ra, 2030-yilda kiruvchi turistlar soni 18,9 mln kishiga yetadi, “20 mln turist” maqsadiga erishish ehtimoli 47,6 foizni tashkil etadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-11-11

O'xshash maqolalar

1-10 of 141

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.