Ekish muddatlari va «Potex» suyuq organik o'g'itining mosh navlari rivojlanish fazalari hamda o'suv davriga ta'siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/zt1fw572Kalit so‘zlar:
mosh, Durdona, Hosildor, Potex, ekish muddati, fenologik faza, o'suv davri, suyuq organik o'g'it, dispersiya tahliliAbstrak
2022-yilgi dala kuzatuvlari asosida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan «Durdona» va «Hosildor» mosh navlarining fenologik rivojlanishiga ikki ekish muddati hamda «Potex» suyuq organik o'g'iti ta'siri baholandi. Yigirma to'rt variantda rivojlanish fazalari va o'suv davri davomiyligi taqqoslandi. «Durdona»da o'suv davri 70–76, «Hosildor»da 83–90 kunni tashkil etdi. Ekishni kechiktirish o'suv davrini 3–4 kunga, o'g'it qo'llash esa 1–3 kunga uzaytirdi. Natijalar navga mos ekish muddatini belgilash uchun asos yaratadi.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-10-30
Nashr
Bo'lim
Articles