Mineral va bioo‘g‘itrlarning takroriy makkajo‘xori va kungaboqarning dala unuvchanligi hamda ko‘chat saqlanuvchanligiga ta’siri

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/gb4j0f64

Kalit so‘zlar:

takroriy ekin, makkajo‘xori, kungaboqar, dala unuvchanligi, ko‘chat saqlanuvchanligi, tup qalinligi, mineral o‘g‘itlar, Ekogumin, NPK.

Abstrak

Maqolada kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirilgan makkajo‘xori va kungaboqarning dala unuvchanligi hamda vegetatsiya oxirida ko‘chat saqlanuvchanligiga mineral o‘g‘itlar va Ekogumin 250 kg/ga qo‘llashning ta’siri yoritilgan. 2023-yilgi dala tajribasida makkajo‘xori uchun uch xil NPK foni va ularga mos Ekoguminli variantlar, kungaboqar uchun esa xuddi shu tamoyildagi olti variant qiyoslandi. Ekogumin qo‘llangan variantlarda dala unuvchanligi va yakuniy tup qalinligi bir xil NPK fonidagi variantlarga nisbatan yuqori, nobud bo‘lgan o‘simliklar ulushi esa past bo‘lgani aniqlandi. Makkajo‘xorida 5-variantda saqlanuvchanlik 97,1%, kungaboqarda 11-variantda 96,8% ni tashkil etdi. Natijalar bioo‘g‘itni mineral oziqlantirish bilan uyg‘un qo‘llash takroriy ekinlarda barqaror tup qalinligini shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 336

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.