Xandon pistada kulrang uzunburun qo‘ng‘iziga qarshi kurash

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/rgfa6e78

Kalit so‘zlar:

Pilarking, Atilla Super, Decis, sarf me’yori, biologik samaradorlik, Jizzax viloyati.

Abstrak

Maqolada 2023-2025-yillarda Jizzax viloyati iqlim sharoitida xandon pista (Pistacia vera L.) plantatsiyalarida kulrang uzunburun qo‘ng‘iziga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda Mospilan, 20% n.kuk. preparati 0,2-0,3 kg/ga hamda Pilarking, 20% em.k. preparati 0,15-0,25 l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilganda, ishlov berilgandan keyingi 7-kundan boshlab yuqori biologik samara ko‘rsatishi aniqlangan va 14-kunga kelib samaradorlik 99,4-99,5% ni tashkil etgan. Atilla Super, 10% em.k. preparati 0,2-0,4 l/ga hamda Decis, 10% em.k. preparati 0,1-0,15 l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilgan variantlarda yuqori biologik samara ishlov berilgandan keyingi 3-kundan kuzatilib, maksimal samaradorlik 99,0-99,5% gacha yetgan. Olingan natijalar ushbu insektitsidlarning kulrang uzunburun qo‘ng‘iziga qarshi yuqori samaradorlikka ega ekanligini hamda ulardan Jizzax viloyati sharoitida xandon pista plantatsiyalarini zararkunandadan himoya qilish tizimida foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 217

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.