Oliy ta’lim muassasalarida inson kapitalini strategik boshqarishning integratsiyalashgan yondashuvlari: nazariy evolyutsiya va zamonaviy konsepsiyalar

Mualliflar

  • Muxtarov Sh. K. Buxoro davlat universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/dqhydg53

Kalit so‘zlar:

inson kapitali, strategik inson resurslari boshqaruvi, oliy ta’lim muassasasi, resursga asoslangan yondashuv, intellektual kapital, AMO modeli, iste’dodlarni boshqarish, dinamik qobiliyatlar, integratsiyalashgan model.

Abstrak

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida inson kapitalini strategik boshqarishga oid nazariy qarashlarning shakllanish va rivojlanish yo‘li tizimli tahlil qilingan. T.Schultz, G.Becker va J.Mincer asos solgan klassik inson kapitali nazariyasidan boshlab inson resurslarini boshqarish, strategik inson resurslari boshqaruvi, resursga asoslangan yondashuv, intellektual kapital, iste’dodlarni boshqarish hamda dinamik qobiliyatlar konsepsiyalarigacha bo‘lgan evolyutsiya olti bosqichda davrlashtirilgan. Integrativ adabiyotlar sharhi, tarixiy-genetik va qiyosiy tahlil usullari asosida sakkizta yondashuvning oliy ta’lim sharoitiga moslik darajasi baholangan, oliy ta’lim muassasasining korporativ sektordan farqlanuvchi yetti xususiyati aniqlangan. Tadqiqot natijasida oliy ta’lim muassasasida inson kapitalini strategik boshqarishning muallif ta’rifi shakllantirilgan, gorizontal, konversiya va dinamik integratsiya tamoyillariga tayanuvchi to‘rt darajali konseptual model hamda uni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan. Xulosalar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligi sharoitida kadrlar strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 474

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.