Tijorat banklarining brokerlik, market-meykerlik va prop-trading faoliyatini prudensial tabaqalashtirish asosida takomillashtirish
DOI:
https://doi.org/10.68372/6etprx84Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, qimmatli qog‘ozlar portfeli, brokerlik, market-meykerlik, prop-trading, kapital buferlari, prudensial nazorat.Abstrak
Maqolada O‘zbekiston bank tizimining 2025-yil ma’lumotlari asosida qimmatli qog‘ozlar portfeli, daromadlar tarkibi va kapital zaxirasi dinamikasi tahlil qilingan. Banklar investitsiyalari va sotib olgan qimmatli qog‘ozlarining aktivlardagi ulushi bir yilda 7,7 foizdan 11,1 foizga, ya’ni taxminan 73 foizga o‘sgani, foizsiz daromadlar esa jami daromadning 36 foiziga yetgani ko‘rsatilgan. Markaziy bankning banklar risk-profilini baholash natijalari va 2026-yildan joriy etilgan kapital buferlari asosida banklarni brokerlik, market-meykerlik va cheklangan prop-trading faoliyatiga ruxsat berish bo‘yicha uch toifaga ajratish hamda prop-trading limitini buferlardan ortiq kapitalga bog‘lash usuli taklif etilgan.