Qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat ta’minot zanjirida ishlab chiqarish omillari elastikligini ekonometrik baholash
Kalit so‘zlar:
ta’minot zanjiri, elastiklik, qishloq xo‘jaligi, Cobb–Douglas funksiyasi, Solow qoldig‘i, TFP, DOLSAbstrak
Maqolada qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat ta’minot zanjirini optimal tartibga solish sharoitida qishloq xo‘jaligi sektorida ishlab chiqarish omillari elastikligini empirik baholash hamda umumiy omil unumdorligi (TFP) hissasini Solow qoldig‘i usuli asosida dekompozitsiyalash masalalari yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining 2016–2025-yillardagi yillik statistik ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. To‘rt omilli Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi log-chiziqli shaklda Oddiy Eng Kichik Kvadratlar (OLS) va Dinamik OLS (DOLS) usullari yordamida baholangan.
Yuklashlar
Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.
Downloads
Nashr qilingan
2026-04-30
Nashr
Bo'lim
Articles