Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar davrida davlat-xususiy sheriklikning mohiyati
DOI:
https://doi.org/10.68372/wfw9ac24Kalit so‘zlar:
Davlat-xususiy sheriklik (DXSH), Raqamli transformatsiya, Raqamli infratuzilma, Ma'lumotlar markazlari, Xarajat va samaradorlik nisbati (VfM), Xatarlarni taqsimlash, Texnologik yangilanish, DXSH raqamli platformasi, O'zbekistonAbstrak
Infratuzilmaning raqamlashuvi — ma'lumotlar markazlari, keng polosali tarmoqlar, energiya saqlash tizimlari va sun'iy intellekt hisoblash quvvatlari — davlat-xususiy sheriklikning (DXSH) vazifasi va uni loyihalash talablarini o'zgartirmoqda. Hujjatlar va qiyosiy-institutsional tahlil hamda tavsifiy statistikaga (Jahon banki PPI 2023–2024, Global Infrastructure Hub, Buyuk Britaniya PFI/PF2, EPEC keng polosali tarmoq keyslari, O'zbekiston DXSH reyestrining 2026-yil I chorak ma'lumotlari) tayanib quyidagilar ko'rsatildi: 2024-yilda past va o'rta daromadli mamlakatlarda infratuzilmaga xususiy sektor ishtiroki 15,6 foizga oshib, 100,7 mlrd AQSH dollariga yetdi; O'zbekistonda 2026-yil I chorakda imzolangan 547,2 mln dollarlik yangi DXSH bitimlarining 89,7 foizi energetika va transportga to'g'ri keladi; monitoring qilingan 193 ta loyihaning 85 tasida xususiy sherik faoliyat yuritmaydi yoki tugatilgan. Raqamli davr DXSHning uch qatlamli modeli va beshta loyihalash tamoyili taklif etiladi.