Ekoturizmning hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi rolini baholashning nazariy-metodologik asoslari
DOI:
https://doi.org/10.68372/q128m602Kalit so‘zlar:
ekoturizm, hududiy iqtisodiy rivojlanish, tabiiy kapital, turizm multiplikatori, TSA, LEWIE, mahalliy daromad, barqaror turizm, qo'riqlanadigan hududlarAbstrak
Mazkur maqolada ekoturizmning hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini baholashning nazariy va metodologik asoslari tizimlashtirilgan. Ekoturizm hududga faqat turist xarajati ko'rinishida daromad olib kiradigan faoliyat sifatida emas, balki kichik biznes, xizmatlar zanjiri, tabiiy kapitalni moliyalashtirish va qishloq aholisining daromad manbalarini diversifikatsiya qiluvchi mexanizm sifatida qaraladi. Turizm sun'iy yo'ldosh hisobi (TSA), hududiy input-output va ijtimoiy hisoblar matritsasi, local economy-wide impact evaluation (LEWIE), xarajat-foyda tahlili hamda BMTning Tourism Sustainability Measurement Framework yondashuvlari bir-birini to'ldiruvchi metodlar sifatida tahlil qilindi. Jahon bankining qo'riqlanadigan hududlar bo'yicha baholarida turist tomonidan sarflangan har bir dollar Nosy Be (Madagaskar) atrofidagi mahalliy daromadni 2,48 dollar, Uganda Queen Elizabeth milliy bog'I atrofida 2,03 dollar, Nepal Chitwan milliy bog'I atrofida 1,78 dollar va Braziliya Abrolhos hududida 1,74 realga oshirishi aniqlangan. Mazkur natijalar ekoturizmning real iqtisodiy qiymatini to'g'ridan-to'g'ri tushum bilan cheklab baholash hududiy spilloverlarni kam ko'rsatishini tasdiqlaydi. O'zbekiston sharoitida metodologiyani qo'llash uchun tashriflar, turist xarajati, mahalliy xarid ulushi, ish o'rinlari, ekologik sig'im va tabiiy kapital holatini yagona hududiy indikatorlar tizimida birlashtirish taklif etiladi.