Gossypium L turiga mansub Xitoy-o'zbek germoplazma resurslarida bargdagi xlorofill "a", "b" va kartenoid miqdorini aniqlash

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/2tcyey10

Kalit so‘zlar:

Gossypium L, Xitoy-O'zbek germoplazma resurslari, suv tanqisligi, g'o'za, xlorofill "a", "b" va kartenoid, nav

Abstrak

Ushbu maqolada Gossypium L turiga mansub Xitoy-o'zbek germoplazma resurslarida bargdagi xlorofill "a", "b" va kartenoid miqdorini spektrofotometrda aniqlash orqali olingan natijalar tahlili keltirilgan bo'lib, bundan maqsad g'o'zada kechadigan fiziologik jarayonlarning hosildorlikka ta'sirini aniqlash va bardoshli navlarni yaratish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida suv tanqisligi sharoitida Xitoy va O'zbek germoplazmasiga mansub bo'lgan Xitoy-66, F2Xitoy-44xC-6580, C-5706 va XLZ-78 navlari xlorofill va karotinoid miqdori yuqori bo'lgan namunalar sifatida ajratib olindi. Bu namunalar suv stressi sharoitida fotosintez jarayonini nisbatan barqaror ushlab turuvchi genotiplar hisoblanib, o'zbek germoplazmasiga mansub bo'lgan aksariyat navlarda (O'zPITI-203, C-5707 va Namangan-77) pigment miqdori keskin kamaygani va suv tanqisligiga nisbatan sezgirligi aniqlandi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 227

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.