Yeryong'oq yetishtirishda oqqanotga qarshi kimyoviy himoya tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini baholash
DOI:
https://doi.org/10.68372/myzs8f78Kalit so‘zlar:
yeryong'oq, oqqanot, zararkunanda, kimyoviy himoya, insektitsid, biologik samaradorlik, iqtisodiy samaradorlik, hosildorlik, qo'shimcha daromad, sof iqtisodiy samara, rentabellik, zararkunandalar monitoringiAbstrak
Mazkur maqolada yeryong'oq yetishtirishda oqkanotga qarshi kimyoviy himoya tadbirlarining biologik va iqtisodiy samaradorligi baholangan. Tadqiqotda zararkunanda zichligi, kimyoviy ishlov berish xarajatlari, hosildorlik, saqlab qolingan hosil qiymati, qo'shimcha daromad va sof iqtisodiy samara o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilingan. Kimyoviy himoyaning samaradorligi oqkanot populyatsiyasini kamaytirish bilan bir qatorda, hosil yo'qotilishining oldini olish va himoya tadbirlariga sarflangan xarajatlarning qoplanish darajasi asosida baholangan. Natijalar oqkanotga qarshi kurash tadbirlarini zararkunanda monitoringi asosida tashkil etish, kimyoviy ishlov berish muddatlari va preparatlarini iqtisodiy jihatdan asoslash hamda pestitsidlardan oqilona foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va yeryong'oq yetishtirish rentabelligini oshirishga xizmat qilishini ko'rsatadi. Tadqiqotda biologik samaradorlik, hosildorlik, qo'shimcha daromad, sof iqtisodiy samara va rentabellik kimyoviy himoya tadbirlarini baholashning asosiy mezonlari sifatida belgilangan.