Global iqlim o'zgarishi sharoitida tritikale seleksiyasida stressga bardoshlilik, don hosildorligi va sifatni uyg'unlashtirishning ilmiy asoslari
DOI:
https://doi.org/10.68372/0heevj96Kalit so‘zlar:
tritikale, iqlim o'zgarishi, qurg'oqchilik, yuqori harorat, hosildorlik, don sifati, seleksiya, genotip × muhit, adaptivlikAbstrak
Maqolada global iqlim o'zgarishi sharoitida tritikale seleksiyasining ustuvor vazifalari, xususan qurg'oqchilik va yuqori haroratga bardoshlilikni don hosildorligi hamda sifat ko'rsatkichlari bilan bir genotipda uyg'unlashtirish muammosi tahlil qilinadi. Tritikalening bug'doy va javdar genomlarini birlashtirgan sintetik don ekini sifatidagi biologik va seleksion afzalliklari, stress sharoitida fenotipik belgilar o'zgaruvchanligi, genotip × muhit o'zaro ta'siri va donor genotiplarni tanlash mezonlari yoritiladi. Zamonaviy tadqiqotlar asosida vegetatsiya davomiyligi, boshoqlash va gullash muddati, o'simlik bo'yi, 1000 dona don massasi, bir boshoqdagi don soni, don hosildorligi, oqsil miqdori va don naturasi kabi ko'rsatkichlarning seleksion qiymati muhokama qilinadi. Fenotipik baholashni ko'p muhitli sinovlar va molekulyar-genetik yondashuvlar bilan integratsiyalash DSc tadqiqoti uchun konseptual asos sifatida taklif etiladi.