Kuzgi bug'doyni yomg'irlatib sug'orish va oziqlantirish me'yorlarining tuproq suv o'tkazuvchanligiga ta'siri
DOI:
https://doi.org/10.68372/esmwm370Kalit so‘zlar:
kuzgi bug'doy, o'tloqi-allyuvial tuproq, suv o'tkazuvchanlik, suv singdirish, yomg'irlatib sug'orish, egatlab sug'orish, ChDNS, sug'orish oldi namligi, mineral o'g'itAbstrak
Maqolada kuzgi bug'doyni turli sug'orish usullarida yetishtirish va sug'orish oldi tuproq namligini boshqarishning o'tloqi-allyuvial tuproqlarda yetishtirish va sug'orish oldi tuproq namligini boshqarishning o'tloqi-allyuvial tuproqlarida yetishtirish va sug'orish oldi tuproq namligini boshqarishning o'tloqi-allyuvial tuproqlarida yetishtirish va sug'orish oldi tuproq namligini boshqarishning o'tloqi-allyuvial tuproqlarida tuproq suv o'tkazuvchanligiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqotlar 2024-2026 yillarda o'tkazilib, kuzgi bug'doyni egatlab va yomg'irlatib sug'orish, shuningdek, sug'orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-70-60, 75-75-70 va 80-80-70 foiz darajalarda saqlashning tuproq suv singdirish xususiyatlariga ta'siri o'rganildi. Tuproqning suv o'tkazuvchanligi tajriba boshida va amal davri oxirida «Dolgov doiralari» usulida aniqlandi. Olingan natijalar suv singdirish jadalligi vaqt o'tishi bilan kamayib borishini, amal davri oxirida barcha variantlarda boshlang'ich holatga nisbatan tuproq suv o'tkazuvchanligi pasayishini ko'rsatdi. Yomg'irlatib sug'orishda sug'orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 75-75-70 foizda saqlash sharoitida suv o'tkazuvchanlik nisbatan maqbul bo'lib, 2024 yilda 6 soatda 777,9 m³/ga, o'rtacha bir soatda 128,8 m³/ga ni tashkil etdi. Mineral o'g'itlar me'yorini N180P100K80 dan N210P125K100 kg/ga gacha oshirish tuproq suv o'tkazuvchanligiga sezirli ta'sir ko'rsatmadi.