Hududlarda investitsiyalar samaradorligini kompleks baholash uslubiyoti: Toshkent viloyati shahar va tumanlari misolida

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/362wab19

Kalit so‘zlar:

investitsiyalar samaradorligi, IPI indeksi, ICOR, DEA, Malmquist indeksi, integral indeks, budjet daromadlari, Toshkent viloyati

Abstrak

Maqolada hududlarda jalb etilayotgan va o'zlashtirilgan investitsiyalar samaradorligini baholashning milliy amaliyoti va xorijiy uslubiy maktablari qiyosiy tahlil qilingan. "Resurs → jarayon → natija → samara" mantiqiga asoslangan kompleks uslubiyot taklif etilgan. U xususiy samaradorlik ko'rsatkichlarini, panel regressiyani, ma'lumotlarni o'rab olish tahlilini (DEA), Malmquist unumdorlik indeksini va integral indeksni birlashtiradi. Yalpi hududiy mahsulot tuman darajasida e'lon qilinmagani uchun natija ko'rsatkichi sifatida budjet daromadlari olingan. Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumani bo'yicha 2020-2025-yillar ma'lumotlarida o'tkazilgan aprobatsiyada investitsiya ulushini aks ettiruvchi IPI indeksi bilan integral samaradorlik indeksi o'rtasida kuchli teskari bog'liqlik aniqlandi (Spearman ρ = -0,775). 22 ta hududdan 11 tasi DEA samarador chegarasida joylashdi (o'rtacha samaradorlik 0,941). Malmquist indeksi bo'yicha unumdorlik o'sishi asosan texnologik siljish hisobiga shakllangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 226

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.