O'zbekistonda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish sharoitida inson kapitalining raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga ta'sirini ekonometrik baholash

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/z2sqx617

Kalit so‘zlar:

inson kapitali, raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt, oliy ta'lim qamrovi, AKT xizmatlari eksporti, ADL model, elastiklik, ekonometrik baholash

Abstrak

Maqolada O'zbekistonda sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish siyosati sharoitida inson kapitalining raqamli iqtisodiyot rivojlanishiga ta'siri 2010-2024-yillar ma'lumotlari asosida ekonometrik baholangan. Raqamli iqtisodiyot holatini ifodalovchi uch komponentli raqamli iqtisodiyot integral indeksi (RII) shakllantirilgan, inson kapitali oliy ta'lim qamrovi orqali o'lchangan. Taqsimlangan lagli avtoregression (ADL) modellar Nyui-Uest (HAC) standart xatolari bilan baholanib, SI siyosati davri uchun rejim o'zgaruvchisi va o'zaro ta'sir hadi kiritilgan. Natijalar inson kapitalining RII ga uzoq muddatli ta'sir koeffitsiyenti 0,460 ekanini, AKT xizmatlari eksportiga esa ta'siri 2021-yilgacha statistik ahamiyatsiz bo'lib, SI siyosati davrida qisqa muddatli elastiklik 1,04 ga, uzoq muddatli elastiklik 1,46 ga yetganini ko'rsatdi. Olingan natijalar asosida inson kapitalini SI kompetensiyalari bilan boyitishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 220

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.