Hududlar iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish yo'llari
DOI:
https://doi.org/10.68372/yh0bv448Kalit so‘zlar:
mintaqaviy iqtisodiyot, hududiy nomutanosiblik, raqobatbardoshlik, YAHM, investitsiya, eksport, infratuzilma, klaster, inson kapitali, O'zbekistonAbstrak
Maqolada O'zbekiston hududlari iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni kamaytirish va mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishning institutsional, infratuzilmaviy va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilindi. Milliy statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda hududlar o'rtasida yalpi hududiy mahsulot, jon boshiga YAHM, investitsiya va eksport hajmlarida sezilarli tafovutlar saqlanib qolgan. 2025-yil yanvar-sentabrda Navoiy viloyatida jon boshiga YAHM 98,4 mln so'm, Toshkent shahrida 80,3 mln so'm bo'lgan bo'lsa, Surxondaryoda 15,8 mln so'mni tashkil etgan. 2025-yil yakunida Toshkent shahri mamlakat YaIMining 19,9 foizi, Toshkent viloyati 9,7 foizini va Navoiy viloyati 9,1 foizini shakllantirgan. Tadqiqot natijalari hududiy tafovutlarni kamaytirish uchun oddiy moliyaviy transferlardan ko'ra bazaviy infratuzilma, inson kapitali, hududiy ixtisoslashuv, klaster va eksport salohiyati, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlararo logistika va natijaga asoslangan mahalliy boshqaruvni rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi.