Sirdaryo viloyatida tuproq sho'rlanishining sholi yetishtirishdagi resurs sarfiga ta'siri

Mualliflar

  • Mirzayeva Sh. M. Guliston davlat universiteti ##default.groups.name.author##

DOI:

https://doi.org/10.68372/yr39q222

Kalit so‘zlar:

tuproq sho'rlanishi, sholi, resurs sarfi, sug'orish normasi, tuproqni yuvish normasi (leaching requirement), regressiya, chiziqli dasturlash, GIS-monitoring, Sirdaryo

Abstrak

Sirdaryo viloyati sug'oriladigan agroekotizimlarida tuproq sho'rlanish darajasining sholi (Oryza sativa L.) yetishtirishdagi resurs sarfi strukturasiga (suv, mineral o'g'itlar, mehnat) ta'siri normativ-analitik yondashuv asosida baholandi. Sho'rlanish sinflari (past: <0,3%; o'rta: 0,3-0,6%; yuqori: >0,6%; o'ta yuqori: >1,0%) kesimida suv sarfi (10 500-18 200 m³/ga), NPK sarfi (420-720 kg/ga), mehnat sarfi (68-96 soat/ga) hamda hosildorlik (52,4-28,7 s/ga) o'rtasidagi bog'lanishlar ko'p omilli regressiya va optimallashtirish modellarida tahlil qilindi. Natijalar sho'rlanish 0,6% dan oshganda suv sarfi 60,0% (ΔW=+6 300 m³/ga), o'g'it sarfi 52,4% (ΔF=+220 kg/ga), mehnat sarfi 29,4% (ΔL=+20 soat/ga) ga ortishini, hosildorlik esa 38,7% (ΔH=-20,3 s/ga) ga pasayishini ko'rsatdi. O'zDST 3275:2018, O'zDST 1186:2020 hamda FAO-56 va UNESCO-IHP tavsiyalari asosida tuzilgan integrallashgan optimallashtirish modeli resurs sarfini 24,8% ga kamaytirish va hosildorlikni 48,6 s/ga gacha oshirish imkonini berdi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-02-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 150

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.