Uzoq muddatli aktivlarni baholashning iqtisodiy mohiyati, zaruriyati, tasnifi, xususiyatlari va nazariy asoslari

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/3b57tq78

Kalit so‘zlar:

uzoq muddatli aktivlar, asosiy vositalar, aktivlarni baholash, MHXS, BHMS, IAS 16, IAS 36, IFRS 13, haqqoniy qiymat, qadrsizlanish, qayta baholash, hisob siyosati, aksiyadorlik jamiyati

Abstrak

Ushbu maqolada uzoq muddatli aktivlarning iqtisodiy mohiyati, zaruriyati hamda ularni baholashning nazariy asoslari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotda uzoq muddatli aktivlar tushunchasining klassik siyosiy iqtisod vakillaridan zamonaviy buxgalteriya nazariyasigacha bo'lgan evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Adam Smit, David Rikardo, Karl Marks, Irving Fisher, J. B. Clark va Oliver Williamsonning kapital va aktivlar haqidagi nazariy qarashlari zamonaviy moliyaviy hisobot tamoyillari bilan bog'langan. Shuningdek, MHXS doirasida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsion mulk, uzoq muddatli moliyaviy aktivlar, biologik aktivlar hamda foydalanish huquqi aktivlarining tasnifi va iqtisodiy mazmuni ko'rib chiqilgan. O'zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvardan kuchga kirgan 5-sonli BHMS "Asosiy vositalar"dagi muhim o'zgarishlar, xususan, ilgari qo'llanilgan 50 BHM miqdoridagi qiymat chegarasining bekor qilinishi hamda aktivlarni tan olish hamda tasniflashda hisob siyosatining roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari uzoq muddatli aktivlarni baholashda boshlang'ich qiymat, qayta baholash, qadrsizlanish va haqqoniy qiymat yondashuvlarining o'zaro bog'liqligini ko'rsatadi. Uzoq muddatli aktivlarni ishonchli baholash moliyaviy hisobotlarning axborot qiymati, sof aktivlar barqarorligi, korporativ shaffoflik va investitsion jozibadorlikni ta'minlashning muhim omili sifatida asoslangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-10-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 210

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.