Davlat moliyaviy nazorati jarayonlarini sun'iy intellekt yordamida riskka yo'naltirilgan raqamli nazorat modeli asosida takomillashtirish
Kalit so‘zlar:
sun'iy intellekt, davlat moliyaviy nazorati, ichki audit, riskka yo'naltirilgan audit, mashinaviy o'rganish, anomaliya, risk skoringi, masofaviy monitoring, audit analitikasi, raqamli davlat moliyasiAbstrak
Maqolada davlat moliyaviy nazorati va ichki auditni transformatsiya qilishning nazariy-metodologik hamda institutsional jihatlari tadqiq etilgan. 2026-yilda O'zbekistonda ichki audit faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha belgilangan vazifalar OECD, IMF, Jahon banki va IIA materiallari hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili AI auditida texnik imkoniyatlar bilan bir qatorda ma'lumotlar sifati, izohlanuvchanlik, inson nazorati, algoritmik tarafkashlik, maxfiylik va auditor kompetensiyasi hal qiluvchi omil ekanini ko'rsatdi. Tadqiqot natijasida ma'lumotlar integratsiyasi, anomaliyalarni aniqlash, ko'p indikatorli risk skoringi, nazorat obyektlarini ustuvorlashtirish va auditor verifikatsiyasini yagona siklga birlashtiruvchi "AI-Risk Control" modeli taklif etildi. Model uchun KPIlar, validatsiya mezonlari va bosqichma-bosqich joriy etish algoritmi ishlab chiqildi.