Qishloq xo‘jaligida texnik-texnologik salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (Andijon viloyati fermer xo‘jaliklari misolida)
Kalit so‘zlar:
texnik-texnologik salohiyat, texnik samaradorlik, DEA, Tobit modeli, ARIMA, Andijon viloyati, qishloq xo‘jaligi, yuqori unumli texnika, innovatsiyalar transferiAbstrak
Ushbu maqolada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida texnik-texnologik salohiyatdan foydalanish samaradorligi Andijon viloyati fermer xo‘jaliklari misolida empirik jihatdan baholangan. Tadqiqotda 65 ta xo‘jalik bo‘yicha so‘rovnoma ma’lumotlari asosida Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi, DEA texnik samaradorlik modeli hamda Tobit regressiya usuli qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, o‘rtacha texnik samaradorlik ko‘rsatkichi 0,87 ni tashkil etib, mavjud resurslardan foydalanishda 13 foizgacha ortiqcha sarf-xarajatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaligi rahbarining ma’lumoti, boshqaruv tajribasi va texnikalar sifati samaradorlikka statistik jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 2020–2024-yillar dinamikasi asosida ARIMA modeli yordamida tuzilgan prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib yuqori unumli texnikalar ulushi kamida 18,8 foizga yetishi kutilmoqda. Maqolada texnik modernizatsiya va innovatsiyalar transferini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.