Suv resurslari cheklangan sharoitda hududiy ixtisoslashuvni takomillashtirish bo'yicha xorijiy tajribalar va ulardan O'zbekiston sharoitida foydalanish
Kalit so‘zlar:
suv tanqisligi, suv unumdorligi, hududiy ixtisoslashuv, tomchilatib sug'orish, desalinatsiya, xorijiy tajribaAbstrak
Maqolada suv resurslari cheklangan sharoitda hududiy ixtisoslashuvni shakllantirish bo'yicha yetakchi xorijiy davlatlar (Isroil, Avstraliya, Niderlandiya, Ispaniya, Xitoy, AQSh) hamda Qozog'iston tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Isroil (4,85 USD/m³) va Niderlandiya (4,20 USD/m³) qishloq xo'jaligi suv unumdorligi bo'yicha jahon yetakchilari hisoblanadi, bu ko'rsatkich O'zbekistonning hozirgi darajasidan (0,55 USD/m³) 8-9 baravar yuqori. Maqolada har bir davlatning suv-tejamkor ixtisoslashuv strategiyasi, texnologik yechimlari (desalinatsiya, tomchilatib sug'orish, suvni qayta ishlatish) va institutsional islohotlari tahlil qilinib, ulardan O'zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari suv resurslari boshqaruvi va qishloq xo'jaligi siyosatini ishlab chiquvchi davlat organlari uchun amaliy ahamiyatga ega.