Moliyaviy hisobotlarni qalbakilashtirish xavfi ko'rsatkichlari tizimini ishlab chiqish
Kalit so‘zlar:
audit, moliyaviy hisobot, qalbakilashtirish, firibgarlik, jiddiy buzib ko'rsatish xavfi, xavf ko'rsatkichi, qizil bayroqlar, professional mulohaza, integral xavf indeksi, auditorlik tartib-taomillariAbstrak
Maqolada audit jarayonida moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish xavfini aniqlashning nazariy va uslubiy masalalari tadqiq etilgan. Firibgarlikning alohida belgilarini tizimlashtirmasdan qo'llashdan o'zaro bog'liq xavf-indikatorlarining kompleks tizimiga o'tish zarurligi asoslandi. Moliyaviy hisobotlarni qalbakilashtirish xavfi ko'rsatkichlarining beshta guruhni o'z ichiga olgan mualliflik tasnifi taklif etildi: tashqi, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy, hisob-hujjat va xulq-atvor ko'rsatkichlari. Har bir ko'rsatkichning ahamiyati va namoyon bo'lish darajasini hisobga olgan holda baholash tartibi ishlab chiqildi, integral xavf indeksini hisoblash formulasi taklif etildi. Riskni tasniflash diapazonlari va ularga mos keluvchi auditorlik harakatlari aniqlangan. Taklif etilgan tizimni amalda qo'llash auditorning professional mulohazasini rasmiylashtirish, insofsiz xatti-harakatlar natijasida yuzaga keladigan jiddiy buzilish xavfini baholashning asosliligini oshirish va auditorlik tartib-taomillarini yanada maqsadli tanlashni ta'minlash imkonini beradi.