Qishloq xo'jaligi yerlarini me'yoriy baholashda veb platformalardan foydalanishning xorijiy tajribasi va milliy amaliyoti
Kalit so‘zlar:
me'yoriy qiymat, veb platforma, geoaxborot tizimlari, AgroYerQiymat, idoralararo integratsiya, yer kadastri, raqamli iqtisodiyot, bonitet balliAbstrak
Mazkur maqolada qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning me'yoriy qiymatini aniqlashda veb platformalardan foydalanishning dolzarbligi asoslangan. AQSh (FARMS, AcreValue/Granular) va Yevropa Ittifoqi (IACS/LPIS) davlatlarida qo'llanilayotgan raqamli baholash tizimlarining afzalliklari va cheklovlari tahlil qilingan. O'zbekistonda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan "AgroYerQiymat" platformasining olti bosqichli ishlash mexanizmi, shuningdek, uning to'qqizta davlat va nodavlat institut bilan idoralararo integratsiyasi ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida me'yoriy baholashni raqamlashtirish hisob-kitoblarning shaffofligini oshirishi, inson omiliga bog'liq sub'ektivlikni kamaytirishi va yer solig'i bazasini adolatli shakllantirish imkonini berishi asoslangan.