Arman bodringi ekinini istiqbolli navidan yuqori hosil olishda qulay ekish sxemasini aniqlashda fenologik va biometrik ko'rsatkichlarga ta'siri

Mualliflar

  • Ibragimova N. K. Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti ##default.groups.name.author##
  • Aripova Sh. R. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##
  • Dusmuratova S. I. "Astraxan davlat texnika universiteti" federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

arman bodringi, Ajur navi, ekish sxemasi, oziqlanish maydoni, fenologiya, biometrik ko'rsatkichlar, meva uzunligi, meva diametri, meva vazni

Abstrak

Maqolada 2023-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasining markaziy tuproq-iqlim sharoitida arman bodringi Ajur navining o'sishi va rivojlanishiga turli ekish sxemalarining ta'siri o'rganildi. Tadqiqotda (140+70)/2×30, (140+70)/2×40, (140+70)/2×50 va (140+70)/2×60 sm ekish sxemalari taqqoslandi. Fenologik kuzatishlar, o'simliklarning asosiy biometrik ko'rsatkichlari hamda mevalarning uzunligi, diametri va vazni aniqlandi. Eng maqbul natijalar oziqlanish maydoni kengaytirilgan (140+70)/2×60 sm ekish sxemasida qayd etildi. Ushbu variantda asosiy fenologik bosqichlar nazoratga nisbatan 3-5 kunga erta kechishi, yon shoxlar soni 8,3 dona, barglar soni 98,0 dona, asosiy va yon shoxlarning umumiy uzunligi 493,0 sm bo'lishi aniqlandi. Meva uzunligi 21,5 sm, diametri 4,1 sm va bir dona meva vazni 224 g ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 21,5; 24,2 va 20,4% yuqori bo'ldi. Natijalar Ajur navi uchun (140+70)/2×60 sm ekish sxemasi o'simliklarning vegetativ va generativ rivojlanishi hamda meva sifat ko'rsatkichlarini yaxshilashda samarali ekanligini ko'rsatdi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 53

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.