Arman bodringi Ajur navini turli ekish sxemalarida yetishtirishning hosildorlik va tovarbop mahsulot ko'rsatkichlariga ta'siri
Kalit so‘zlar:
arman bodringi, Ajur navi, ekish sxemasi, oziqlanish maydoni, hosildorlik, tovarbop hosil, meva soni, hosil miqdori, o'simliklar soniAbstrak
Tadqiqotlar 2023-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasining markaziy tuproq-iqlim sharoitida arman bodringi Ajur navining hosildorligi va tovarbop mahsulot ko'rsatkichlariga turli ekish sxemalarining ta'sirini aniqlash maqsadida olib borildi. Tajribada (140+70)/2×30, (140+70)/2×40, (140+70)/2×50 va (140+70)/2×60 sm ekish sxemalari o'rganildi. Nazorat sifatida (140+70)/2×40 sm sxema qabul qilindi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ekish sxemasining kengayishi bir tupdagi meva soni va hosil miqdorining ortishiga olib keldi. Ikki yillik o'rtacha natijalarda eng yuqori hosildorlik (140+70)/2×50 sm sxemasida 39,0 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 2,4 t/ga yoki 6,6 % yuqori bo'ldi. Ushbu variantda tovarbop hosil 36,1 t/ga va uning umumiy hosildagi ulushi 92,6 % ni tashkil etdi. Natijalar arman bodringi Ajur navini yetishtirishda (140+70)/2×50 sm ekish sxemasidan foydalanish yuqori va sifatli tovarbop mahsulot olish uchun maqbul ekanligini ko'rsatdi.