Shox-shabbani shakllantirish usullarining chilonjiyda (Ziziphus jujuba Mill.) navlari novdalarining yillik o'sishiga ta'siri

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

chilonjiyda, Ziziphus jujuba, shox-shabba, shakllantirish, siyrak yarusli, ochiq markazli, novda o'sishi, payvandtag, nav

Abstrak

Tadqiqotda "Melkoplodniy kisliy 1" payvandtagida o'stirilgan Zanhuangdazao, Junzao, Xiangzao va Linyilizao chilonjiyda navlarida shox-shabbani shakllantirish usullarining novdalar yillik o'sishiga ta'siri 2023-2025-yillar ma'lumotlari asosida baholandi. Erkin o'suvchi nazorat, ochiq markazli (vazali), siyrak yarusli va butasimon shakllar taqqoslandi. To'rt nav bo'yicha uch yillik umumlashtirilgan hisobda siyrak yarusli shakl eng yuqori o'sishni ta'minlab, nazoratdan 15,6% ustun bo'ldi. Ochiq markazli va butasimon shakllarda ustunlik mos ravishda 11,8 va 9,0% ni tashkil etdi. Natijalar navning biologik xususiyati bilan shakllantirish tizimi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni hisobga olish zarurligini ko'rsatadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 97

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.