Qovoq va kunjutni qayta ishlashning ikkilamchi xomashyosidan pektinga boy ozuqa uni olish texnologiyasini ishlab chiqish
Kalit so‘zlar:
qovoq, kunjut, ikkilamchi xomashyo, pektin, oziq tolalari, kompozitsion ozuqa uni, quritish, funksional ingredient, resurs tejamkor texnologiyaAbstrak
Maqolada qovoq mevalarini qayta ishlashda hosil bo'ladigan ikkilamchi xomashyo, kunjut gullari va novdalaridan pektin va oziq tolalariga boy kompozitsion ozuqa uni olish texnologiyasini ishlab chiqish natijalari keltirilgan. Eksperimental tadqiqotlar 2023-2025 yillarda olib borilib, xomashyoning fizik-kimyoviy tarkibi, turli quritish haroratlarining pektin saqlanishi va texnologik ko'rsatkichlarga ta'siri hamda kompozitsion unning maqbul retsepturasi o'rganildi. Uch yillik o'rtacha natijalar bo'yicha qovoqni qayta ishlash chiqindilarida pektin miqdori 6,50%, kunjut gullarida 4,28% va kunjut novdalarida 2,67% ni tashkil etdi. Kunjut novdalarida umumiy oziq tolalari miqdori 46,2% gacha yetdi. Quritish rejimlarini qiyosiy baholash natijasida 50±2°C harorat maqbul deb topilib, ushbu rejimda pektinning 94,0-94,9% saqlanishi ta'minlandi. Kompozitsion ozuqa unining 70% qovoq uni, 20% kunjut guli uni va 10% kunjut novdasi unidan iborat retsepturasi eng maqbul variant sifatida belgilandi. Mazkur kompozitsiyada pektin 5,39%, oziq tolalari 31,0%, oqsil 11,3% ni tashkil etib, suv yutish qobiliyati 3,62 g/g va bo'kish qobiliyati 6,2 ml/g ga yetdi. Olingan natijalar qovoq va kunjutning ikkilamchi o'simlik resurslarini kompleks qayta ishlash orqali oziq-ovqat mahsulotlarini boyitish uchun funksional ingredient olish imkoniyatini ko'rsatadi.