Yaponiya-O'zbekiston investitsiya hamkorligi: institutsional tuzilma va evolyutsiya bosqichlar
Kalit so‘zlar:
Yaponiya, O'zbekiston, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, JICA, JBIC, NEXI, ODA, proyekt-finansing, strategik hamkorlik, Markaziy Osiyo + YaponiyaAbstrak
Maqola Yaponiyaning O'zbekistondagi investitsiya faoliyatini institutsional tuzilma hamda moliyaviy majburiyatlarning hajmi va tarkibi kesimida kompleks baholashga qaratilgan. Alohida e'tibor 2025-yil dekabrida ikki tomonlama munosabatlarning "Kelajak avlodlar uchun kengaytirilgan strategik hamkorlik" darajasiga ko'tarilishi bilan bog'liq sifat o'zgarishlariga qaratildi. Ishda ikkilamchi ma'lumotlar tahlilga asoslangan aralash yondashuv qo'llanildi: rasmiy statistik manbalar va institutsional hisobotlarning tavsifiy-statistik tahlili, hujjatlarning kontent-tahlili hamda hamkorlik bosqichlarini ajratish uchun qiyosiy-tarixiy usul. Empirik baza 26 ta birlamchi va ikkilamchi manbani qamrab oladi. Tahlil natijasida Yaponiyaning investitsiya faoliyati to'rt darajali institutsional tuzilma orqali amalga oshirilishi aniqlandi. JICA jalb qilgan mablag'lar hajmi 8,3 mlrd dollardan, JBIC portfeli 5 mlrd dollardan oshdi; 2025-yil dekabrida umumiy qiymati 12 mlrd dollardan ortiq bo'lgan yangi loyihalar portfeli shakllantirildi. Portfellar qisman bir-birini qoplagani sababli ularni oddiy qo'shish orqali «umumiy investitsiya» ko'rsatkichini olish metodologik jihatdan noto'g'ri bo'ladi. Hamkorlik modelining 1992-yildan boshlangan to'rt bosqichli evolyutsiyasi ajratildi.