O'zbekistonda kichik biznesning bandlik va yaimdagi ulushlari nomutanosibligi: milliy va hududiy statistik tahlili

Mualliflar

  • Turdiqulov F. R. Oriental universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, bandlik, hududiy tafovut, bandlik-qiymat tafovuti, YaIM ulushi, mehnat bozori, norasmiy bandlik, statistik tahlil

Abstrak

Maqolada O'zbekistonda kichik biznes subyektlarining aholi bandligini ta'minlashdagi o'rni 2015-2025-yillar davri uchun statistik-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi - sektorning bandlik va yalpi ichki mahsulotdagi ulushi dinamikasini uzoq muddatli davr kesimida tahlil qilish, hududlar o'rtasidagi tafovutlarni aniqlash hamda ularni tarkibiy jihatdan izohlovchi diagnostik ko'rsatkichni asoslashdan iborat. Tadqiqot uslubi sifatida statistik dinamik tahlil, hududlararo qiyosiy tahlil hamda mualliflik bandlik-qiymat tafovuti (BQT) indikatoriga asoslangan tarkibiy diagnostika usuli qo'llanilgan. Tadqiqot Milliy statistika qo'mitasining SIAT bazasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki, XMT va BMTTDning rasmiy ma'lumotlariga tayanadi. Natijada aniqlandiki, 2015-2025-yillarda kichik biznesning jami bandlikdagi ulushi 77,9 foizdan 74,9 foizga, atigi 3,1 foiz punktga pasaygan bo'lsa, uning YaIMdagi ulushi 64,6 foizdan 52,2 foizga, ya'ni 12,4 foiz punktga qisqargan; natijada bandlik-qiymat tafovuti 13,3 foiz punktdan 22,7 foiz punktga kengaygan. Hududiy tahlil bandlikdagi ulush bo'yicha 32,1 foiz punktlik tafovutni (Andijon - 81,9%, Toshkent shahri - 49,8%) ochib berdi, bu esa kichik biznesning bandlik yaratishdagi rolini hududning sanoat konsentratsiyasi darajasi belgilashini tasdiqladi. Tadqiqot natijalaridan hududiy bandlik siyosatini differensiallashtirishda, statistika idoralari va iqtisodiy tahlil markazlarining amaliy faoliyatida foydalanish mumkin.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 124

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.