Kichik biznesning innovatsion rivojlanish strategiyasini baholash mezonlari va ko'rsatkichlari
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, innovatsion rivojlanish, innovatsion strategiya, strategik boshqaruv, innovatsion salohiyat, raqamli texnologiyalar, raqobatbardoshlik, inson kapitali, moliyaviy resurslar, innovatsion faoliyat, baholash mezonlari, raqamli infratuzilmaAbstrak
Mazkur maqolada kichik biznesning innovatsion rivojlanish strategiyasini baholashning nazariy va uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, moliyaviy resurslar, inson kapitali, boshqaruv samaradorligi va bozor raqobatbardoshligining o'rni yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion rivojlanish strategiyasini baholashda faqat moliyaviy natijalarni hisobga olish bilan cheklanib qolmasdan, korxonaning innovatsion salohiyati, yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish imkoniyatlari, texnologik yangilanish darajasi, raqamli infratuzilmasi hamda tashqi muhit omillarini kompleks baholash zarurligi asoslangan. Shuningdek, kichik biznesning innovatsion rivojlanish strategiyasini baholash mezonlari va ko'rsatkichlarini shakllantirishning ahamiyati ochib berilgan.