Raqamli transformatsiya sharoitida rahbarlarning strategik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish

Mualliflar

  • Baxtiyarova S. B. Urganch Ranch texnologiya universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

raqamli transformatsiya, strategik liderlik, raqamli liderlik, rahbar kompetensiyasi, strategik boshqaruv, raqamli kompetensiya, inson kapitali, innovatsion boshqaruv, o'zgarishlarni boshqarish

Abstrak

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida tashkilot rahbarlarining strategik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati nazariy va empirik jihatdan tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalarning tashkilot faoliyatiga jadal kirib borishi rahbarlardan nafaqat an'anaviy boshqaruv ko'nikmalarini, balki strategik fikrlash, raqamli savodxonlik, ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, o'zgarishlarni boshqarish, innovatsion tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va inson kapitalini rivojlantirishga yangi kompetensiyalar majmuasini talab qilmoqda. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining 2021-2025-yillarga oid rasmiy ma'lumotlari asosida tashkilotlarda raqamli infratuzilmaning rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi. Tahlil natijalari internet tarmog'iga kirish hamda lokal hisoblash tarmoqlaridan foydalanish ko'lamining sezilarli kengayganligini ko'rsatdi. Shu asosda rahbarlarning strategik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mualliflik modeli taklif etildi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 111

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.