Iste'molchilarga xizmat ko'rsatish sohasidagi kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari: hududiy differensiatsiya tahlili (Qashqadaryo viloyati misolida)
Kalit so‘zlar:
kichik tadbirkorlik, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, hududiy differensiatsiya, Jini koeffitsienti, mehnat unumdorligi, Qashqadaryo viloyatiAbstrak
Maqolada iste'molchilarga xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari O'zbekiston Milliy statistika qo'mitasining 2010-2025-yillar bo'yicha rasmiy ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda tarmoq tarkibi tahlili, hududlararo qiyosiy tahlil, Jini koeffitsienti va variatsiya koeffitsienti orqali hududiy notekislikni o'lchash usullari qo'llanilgan. Tahlil natijasida Qashqadaryo viloyatida kichik biznes tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 2015-2025-yillarda 13,6 barobar o'sgani, biroq bir band bo'lgan ishchiga to'g'ri keladigan xizmat hajmi bo'yicha viloyat 14 ta hudud orasida 11-o'rinni egallashi aniqlangan. Kichik biznes tarkibida xizmatlar ulushi 27,1 foizni tashkil etib, respublika o'rtacha ko'rsatkichi (28,3%) darajasidan past. Tadqiqot natijasida hududiy tabaqalashtirishga asoslangan uch bosqichli tashkiliy-iqtisodiy model taklif etilgan.