O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishini baholash

Mualliflar

  • Shadmanov Z. Z. "Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi" davlat muassasasi ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hukumat, raqamli infratuzilma, sun'iy intellekt, AKTni rivojlantirish indeksi (IDI), Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI), Government AI Readiness Index, raqamli boshqaruv

Abstrak

Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, uni baholash mezonlari hamda zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar, xususan, "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish va raqamli kadrlar tayyorlash yo'nalishlari baholangan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishini kompleks baholash uchun taklif etilgan ko'rsatkichlar tizimi, jumladan, raqamli infratuzilma, raqamli sanoat, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, elektron davlat boshqaruvi hamda inson kapitali bilan bog'liq indikatorlarning mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot davomida xalqaro indekslar, jumladan, AKTni rivojlantirish indeksi (IDI), Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI), Government AI Readiness Index va Speedtest Global Index ko'rsatkichlari asosida O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rni tahlil qilingan. Natijalar mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlari izchil rivojlanayotganini ko'rsatish bilan birga, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, yuqori malakali IT mutaxassislarini tayyorlash, sun'iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish zarurligini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni strategik rejalashtirish va uning rivojlanish samaradorligini baholashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-08-28

O'xshash maqolalar

1-10 of 125

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.