Yer tuzishni majmuaviy baholashning integrallashgan ko'rsatkichini shakllantirish va hisoblash algoritmi
Kalit so‘zlar:
yer tuzish, majmuaviy baholash, integrallashgan ko'rsatkich, yer resurslari, normalashtirish, Min-Max usuli, vazn koeffitsiyenti, korrelyatsiya, regressiya modeli, GIS, IoT, sun'iy intellekt, hisoblash algoritmiAbstrak
Mazkur maqolada yer tuzishni majmuaviy baholash jarayonida turli tabiiy, meliorativ, iqtisodiy, ekologik va infratuzilmaviy ko'rsatkichlarni yagona integrallashgan indeks asosida umumlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari ishlab chiqilgan. Yer uchastkalarining holatini baholash uchun tuproq boniteti, namlik darajasi, meliorativ holat, sug'orish bilan ta'minlanganlik va infratuzilma rivojlanganligi asosiy mezonlar sifatida tanlangan. Turli o'lchov birliklaridagi ko'rsatkichlarni o'zaro taqqoslash maqsadida Min-Max normalashtirish usulidan foydalanilgan. Baholash mezonlarining ta'sir darajasi korrelyatsion-regression tahlil asosida aniqlanib, standart regressiya koeffitsiyentlari vazn koeffitsiyentlariga aylantirilgan. Tadqiqot natijasida yer uchastkasining umumiy holatini 0-1 diapazonda ifodalovchi integrallashgan baholash modeli hamda uni avtomatik hisoblash algoritmi taklif etilgan. Algoritm IoT datchiklari, GPS, GIS, bulutli server va sun'iy intellekt texnologiyalaridan olinadigan ma'lumotlarni yagona axborot tizimida qayta ishlash imkonini beradi. Taklif etilgan model yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish, yer resurslaridan samarali foydalanish, sug'orish va meliorativ tadbirlarni rejalashtirish hamda boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.