Teskari osmos texnologiyasi yordamida minerallashgan kollektor-drenaj suvlarini tozalash va uning tuproq ekologik-meliorativ holatiga ta'siri

Mualliflar

  • Turdaliev J. M. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti ##default.groups.name.author##
  • Sanaqulov S. F. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

sug'oriladigan tuproqlar, teskari osmos, kollektor-drenaj suvi, sho'r yuvish, SAR, ekologik-meliorativ holat, ionlar migratsiyasi, minerallizatsa

Abstrak

Ushbu maqola AL-9124093960-Tuproqlar sho'rlanishiga qarshi kurashishning integratsiyalashgan agrotexnologiyasini ishlab chiqish mavzusidagi amaliy loyiha natijalari asosida minerallashgan kollektor-drenaj suvlarini teskari osmos (TO) texnologiyasi yordamida tozalash va tozalangan suvdan sho'r yuvishda foydalanishning tuproq ekologik-meliorativ holatiga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot Xorazm viloyati Urganch tumani S.Qalandarov nomli massivning sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarida amalga oshirilgan 2V teskari osmos yordamida tozalangan kollektor-drenaj suvi bilan sho'r yuvish, 26V (nazorat) tozalanmagan kollektor-drenaj suvi bilan sho'r yuvish tadqiqot natijalari bayon qilingan. Teskari osmos texnologiyasi drenaj suvining SAR ko'rsatkichini 7,02 dan 0,79 ga (88,7% ga), umumiy minerallashuvini 75,6% ga, Mg2+ ionini 92,9% ga, Cl- ionini 84,1% ga kamaytirdi. Teskari osmos suvi bilan sho'r yuvish (2V) natijasida tuproqning barcha qatlamlarida (0-30, 30-70, 70-100 sm) SAR ko'rsatkichi 46,1-62,9% ga, Na+ ioni 46,9-62,8% ga kamaydi. Nazorat varianti (26V) esa 70-100 sm qatlamda SAR ni 7,58 dan 9,79 ga (+29,1%) oshgani kuzatilib bu minerallashgan drenaj suvidan sho'r yuvishda foydalanish tuproqning ekologik-meliorativ holatini yomonlashiga olib kelishi bo'yicha ilmiy-amaliy xulosalar beradi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-07-30

O'xshash maqolalar

1-10 of 141

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.