O'zbekiston sharoitida turli yosh guruhidagi afrika tuyaqushlarining klinik ko'rsatkichlari mavsumiy dinamikasi
Kalit so‘zlar:
Afrika tuyaqushi, adaptatsiya, O'zbekiston iqlim sharoiti, tana harorati, yurak qisqarishlari chastotasi (YUQCh), nafas harakatlari chastotasi (NHCh), issiqlik stressi, yoshga doir dimorfizmAbstrak
Maqolada O'zbekistonning keskin kontinental iqlim sharoitida Afrika tuyaqushlarining (Struthio camelus) yoshi, jinsi va kelib chiqishiga qarab asosiy klinik ko'rsatkichlari — tana harorati, yurak qisqarishlari chastotasi (YUQCh), nafas harakatlari chastotasi (NHCh) — mavsumiy dinamikasini o'rganish bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Eron va Rossiya seleksiyasiga mansub yosh tuyaqushlar (3-6 oylik), voyaga yetgan erkaklar va besh yoshli urg'ochilar (ona to'dasi) olingan. Yozgi jazirama ("chilla", havo harorati >+40°C) davrida barcha guruhlardagi parrandalarda tana haroratining ko'tarilishi va kompensator polipnoe shaklida namoyon bo'luvchi termoregulyatsiya mexanizmlarining zo'riqishi qayd etilishi aniqlangan. Yosh tuyaqushlar vegetativ jarayonlarning yuqori intensivligini namoyon etgan bo'lsa, Eron seleksiyasiga mansub voyaga yetgan tuyaqushlar Rossiya seleksiyasi vakillariga qaraganda yuqoriroq evolyutsion termotolerantlik ko'rsatdi.