O'zbekistonda bank sektorining raqamli transformatsiyasi va moliyaviy inklyuziya
Kalit so‘zlar:
raqamli bank xizmatlari, moliyaviy inklyuziya, fintex, iqtisodiy o'sish, Global Findex, mobil to'lovlar, O'zbekiston, raqamli iqtisodiyot, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiAbstrak
Ushbu maqolada bank sektorining raqamli transformatsiyasi moliyaviy inklyuziya va iqtisodiy o'sishga qanday ta'sir ko'rsatishi O'zbekiston tajribasi misolida tahlil qilingan. Tadqiqot Jahon bankining Global Findex ma'lumotlar bazasi hamda O'zbekistonda fintex va raqamli bank xizmatlari rivojlanishiga oid so'nggi statistik ma'lumotlarga asoslangan. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, so'nggi o'n yillikda bank hisobvaraqlariga egalik darajasi, raqamli to'lovlardan va fintex asosidagi kredit xizmatlariga kirish imkoniyatlari ham jahon miqyosida, ham O'zbekistonda sezilarli darajada kengaydi. Xususan, O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan fintex kompaniyalari soni 2018-2025-yillarda to'rt baravardan ortiq oshdi, masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni bir necha barobar ko'paydi hamda Milliy tezkor to'lov tizimi har oy milliardlab dollarlik tranzaksiyalarni qayta ishlamoqda. Maqolada ushbu jarayonlarning iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi asosiy mexanizmlari, jumladan tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, mikro va kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Shu bilan birga, moliyaviy inklyuziyaning to'liq ta'minlanishiga to'sqinlik qilayotgan me'yoriy-huquqiy, infratuzilmaviy va xulq-atvor omillari aniqlanib, O'zbekiston bank sektorining raqamli transformatsiyasini yanada jadallashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.