Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmlarini takomillashtirishning konseptual asoslari
Kalit so‘zlar:
mintaqa iqtisodiyoti, barqaror rivojlanish, klaster, klasterlash mexanizmi, raqobatbardoshlik, hududiy rivojlanish, innovatsiya, kooperatsiya, institutsional muhit, iqtisodiy samaradorlikAbstrak
Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmlarini takomillashtirishning konseptual asoslari tadqiq etilgan. Klasterlashning hududiy iqtisodiy o'sish, raqobatbardoshlikni oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish subyektlari o'rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishdagi roli yoritilgan. Tadqiqotda klasterlash mexanizmlarining institutsional, tashkiliy, iqtisodiy va innovatsion tarkibiy qismlari o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqilgan. Mintaqaviy klasterlarni shakllantirishda hududning tabiiy-resurs, ishlab chiqarish, mehnat, infratuzilmaviy va innovatsion salohiyatini hisobga olish zarurligi asoslangan. Shuningdek, davlat, biznes, ilmiy-ta'lim muassasalari va boshqa manfaatdor subyektlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish klasterlarning barqaror faoliyat yuritishining muhim sharti sifatida baholangan. Tadqiqot natijasida mintaqa iqtisodiyotida klasterlashni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va konseptual yo'nalishlari tizimlashtirilgan hamda klaster mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar ishlab chiqilgan.