Buxoro viloyati bo'yicha ko'rsatilgan savdo xizmatlari hajmiga ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish
Kalit so‘zlar:
savdo xizmatlari, Buxoro viloyati, ekonometrik modellashtirish, korrelyatsion tahlil, regression tahlil, chakana savdo aylanmasi, aholi daromadlari, investitsiyalar, turizm, prognozlash, xizmatlar sohasiAbstrak
Mazkur maqolada Buxoro viloyatida ko'rsatilgan savdo xizmatlari hajmining rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta'sir etuvchi iqtisodiy, demografik va infratuzilmaviy omillar o'rganilgan. Natijaviy ko'rsatkich sifatida savdo xizmatlari hajmi, ta'sir etuvchi omillar sifatida esa aholi soni, aholi daromadlari, chakana savdo aylanmasi, savdo korxonalari soni, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va turistlar oqimi tanlangan. Omillar o'rtasidagi bog'lanishlar korrelyatsion-regression tahlil va ko'p omilli ekonometrik modellashtirish usullari yordamida baholangan. Tadqiqot natijalari asosida Buxoro viloyatida savdo xizmatlari hajmini oshirish, savdo infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbol ko'rsatkichlarini prognozlash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.