Korxona investitsiya loyihasining samaradorligini NPV, IRR va PI ko‘rsatkichlari asosida baholash

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

investitsiya loyihasi, IRR, PI, iqtisodiy samaradorlik, diskontlash, risk tahlili, kapitalning vaqt qiymati

Abstrak

Ushbu maqolada korxona investitsiya loyihalarining iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladigan sof joriy qiymat (NPV), ichki daromadlilik normasi (IRR) hamda foydalilik indeksi (PI) ko‘rsatkichlarining nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda investitsiya qarorlarini qabul qilishda diskontlash usullarining o‘rni, kapitalning vaqt qiymati hamda risk va daromadlilik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Shuningdek, korxona miqyosida investitsiya loyihasining pul oqimlari modeli asosida NPV, IRR va PI ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda ularning qiyosiy tahlili orqali eng maqbul investitsiya loyihasini tanlashning ilmiy-metodik yondashuvlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari investitsiya samaradorligini baholashda xalqaro standartlarga mos metodologiyani joriy etish zarurligini asoslaydi va ushbu yondashuvlarni bank-moliya institutlarining qaror qabul qilish jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2025-10-31

O'xshash maqolalar

1-10 of 64

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.