Yashil iqtisodiyot sharoitida hududiy boshqaruvning xorijiy tajribasi va O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari
Kalit so‘zlar:
yashil iqtisodiyot, hududiy boshqaruv, xorijiy tajriba, qiyosiy tahlil, institutsional islohotlar, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish, ekologik siyosat, raqamli boshqaruv, O‘zbekistonAbstrak
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida hududiy boshqaruvni tashkil etishning xorijiy tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi hamda ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari baholanadi. Tadqiqotda Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoyning yashil rivojlanish siyosati, hududiy boshqaruv mexanizmlari hamda institutsional yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, yashil investitsiyalarni rag‘batlantirish, ekologik boshqaruvni takomillashtirish, raqamli boshqaruv vositalarini joriy etish va hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda hududiy boshqaruv samaradorligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.