Qashqadaryo viloyatida raqamli infratuzilma va sanoat ishlab chiqarishning hozirgi holati tahlili
Kalit so‘zlar:
raqamli infratuzilma, sanoat ishlab chiqarishi, raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamlashtirish, sanoat korxonalari, innovatsion rivojlanish, hududiy iqtisodiyot, Qashqadaryo viloyati, raqamli iqtisodiyot, ishlab chiqarish samaradorligi, internet infratuzilmasiAbstrak
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi hamda sanoat ishlab chiqarishining hozirgi holati statistik va tahliliy yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Hududda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining rivojlanish tendensiyalari, internet tarmoqlari qamrovi, raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi va sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish holati tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli infratuzilmaning sanoat ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi va innovatsion rivojlanishga ta’siri baholanib, hudud sanoatini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.