Hududiy sanoatning eksport salohiyati omillarini ekonometrik baholash va prognozlash (Andijon viloyati misolida)

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/8n7k9t06

Kalit so‘zlar:

hududiy sanoat, eksport salohiyati, ARIMA intervensiyalar bilan, ssenariyli prognoz, Monte-Karlo imitatsiyasi, Andijon viloyati

Abstrak

Maqolada Andijon viloyati sanoat korxonalarining eksport salohiyatiga ta'sir etuvchi omillar viloyatning 16 ta ma'muriy-hududiy birligi bo'yicha 2020–2025-yillardagi muvozanatlashgan panel (96 kuzatuv) asosida baholangan. Yil effektli Pooled OLS, ikki tomonlama qat'iy ta'sirlar va tasodifiy ta'sirlar modellari taqqoslanma narxlardagi sanoat mahsuloti hajmi eksportning yagona barqaror omili ekanligini ko'rsatdi (elastiklik 0,65–1,78); investitsiyalar, bandlar va korxonalar sonining bevosita ta'siri barqaror emas. 2010–2025-yillardagi real indeks uchun qurilgan intervensiyali ARIMA(0,1,0) modeli shoklardan tozalangan real o'sishni yiliga 7,2 foiz deb baholadi, qayta tekshiruv xatosi 0,17 foizni tashkil etdi. Prognoz senariylar, Monte-Karlo imitatsiyasi va sezuvchanlik tahlili bilan to'ldirildi: asosiy senariyga ko'ra 2030-yilda sanoat mahsuloti 2025-yil narxida 152 502,5 mlrd so'mga, eksport esa 1 675,7 mln AQSH dollariga yetadi.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-11-06

O'xshash maqolalar

1-10 of 247

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.