Viza rejimini liberallashtirishning kiruvchi turizmga ta'sirini baholash: gravitatsiya modeli va mashinali o'qitish uyg'unligi

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.68372/3f140k68

Kalit so‘zlar:

kiruvchi turizm, gravitatsiya modeli, viza rejimi, voqealar tahlili, farqlar ayirmasi, mashinali o'qitish, XGBoost

Abstrak

Maqolada O'zbekistonga kiruvchi turistlar oqimini belgilovchi omillar va 2018–2019-yillarda amalga oshirilgan viza rejimini liberallashtirish islohotining ta'siri baholangan. Buning uchun gravitatsiya modeli, voqealar tahlili va mashinali o'qitish algoritmlarini birlashtiruvchi “Turistlar jozibadorligi omillari modeli” taklif etilgan. Gravitatsiya modeli 2014–2025-yillardagi mamlakatlar kesimidagi rasmiy ma'lumotlar asosida Puasson psevdo-maksimal haqiqatga o'xshashlik usulida baholangan. Natijalarga ko'ra, turistlar oqimi mamlakat aholisi (elastiklik 0,83), daromadi (0,89) va masofa (−1,59) bilan belgilanadi, chegaradosh mamlakatlardan oqim 7,5 baravar, MDH mamlakatlaridan 11,4 baravar yuqori. Viza rejimining ta'siri bir necha yil davomida shakllangan va 2022–2024-yillarda oqimning 102–178 foizga oshishiga mos kelgan. XGBoost modeli namunadan tashqari davrda eng yuqori aniqlikni ta'minlagan (R² = 0,850). Hindiston, Pokiston va Bangladesh bozorlarida salohiyatdan foydalanish darajasi past ekani aniqlangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

Downloads

Nashr qilingan

2026-11-05

O'xshash maqolalar

1-10 of 303

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.